Workspace

Workspace UX/UI Design

KDB Bank ichki Intranet tizimi uchun Workspace, Industry Analysis va IT Passport bo‘limlarining UX/UI dizaynini ishlab chiqdim. Tizim tasklar, service requestlar, IT muammolari va businessdan keladigan takliflarni boshqarish jarayonlarini bir joyga jamlaydi. Dizayn jarayoni bank xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali ularning kundalik muammolari va ehtiyojlarini o‘rganishdan boshlandi. Yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, asosiy jarayonlar va workflow’lar shakllantirildi. Keyingi bosqichda UX flow va wireframe’lar ishlab chiqilib, murakkab ichki jarayonlarni tushunarli va qulay interfeysga aylantirishga e’tibor qaratildi.