Portrait / Craft
Studio / Process
Concept / 3D
Salom. Men Muhammad Obloqulov. Dizaynga qiziqishim Photoshopdan boshlangan. Keyinchalik to‘y albomlari bilan shug‘ullanib, asta-sekin bu sohaga qiziqib ketdim va uni kasb sifatida davom ettira boshladim.
Fintech Mobile App
Banking Dashboard
Design System
Dastlab oddiy web-sahifalar bilan ishlardim. Vaqt o‘tishi bilan web va mobil mahsulotlar, bank ilovalari va murakkab ichki tizimlarni loyihalash bilan shug‘ullana boshladim. Turli loyihalarda ishlash orqali dizaynning faqat ko‘rinishi emas, uning qanday ishlashi ham muhimligini ko‘proq tushunib bordim.
3D Spatial Render
Product Visualization
CGI & Lighting
Lekin men uchun dizayn faqat 2D ekranlar bilan cheklanmaydi. 3D modellashtirish va vizualizatsiya bilan ham shug‘ullanaman. Ayniqsa murakkab mahsulotlar va web loyihalarida 3D elementlardan foydalanib, dizaynni yanada qiziqarli qilishni yoqtiraman.
Cannes Lions Certificate
Award-Winning Case
Vaqt o‘tishi bilan dizaynda turli yo‘nalishlarni sinab ko‘rishga qiziqib bordim. Ba'zan bu yangi vizual uslub, ba'zan 3D yoki motion, ba'zan esa shunchaki odatdagidan boshqacharoq yechim izlash bo‘ldi. Shu jarayonda turli loyihalar va tanlovlarda ham qatnashib ko‘rdim, jumladan 2022-yilda ★ Cannes Young Lions '22 da.
Editorial Typography
Aesthetic Detail
Fikrimcha, dizaynda o‘sishning oxiri yo‘q. Ayniqsa web sohasida dunyoda juda ko‘p qiziq yondashuvlar paydo bo‘lyapti. Ularni kuzatish, o‘rganish va o‘z ishingda qo‘llab ko‘rish esa dizayner sifatida doim rivojlanishga yordam beradi.
Ish tajriba2018 — 2026
2025 — 2026KDB Bank UzbekistanUX/UI Designer
2024 — 2025Unity ELD / NTP FreightProduct & 3D Designer
2023 — 2024BRO-STOREE (MacBro)Graphic, Web & Motion Designer
2023Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TSUE)Full Stack Designer
2021 — 2022Novas StudioUX/UI & 3D Designer
2020 — 2021605 Creative AgencyBrand Designer & Art Director
2019 — 2020KDB Bank UzbekistanUI/UX Web Designer
2019 — 2020Silkroad ExpressSMM, UI/UX & Graphic Designer
2018 — 2019YUZ1UI/UX Web Designer